Compositor: Mashhur Muhammad
Hoy do'stim, ayt nega holing parishon?
Alamdan yuraging ezilyaptimi?
Go'yoki dunyoda birgina sening
Omadsiz kunlaring cho'zilyaptimi?
Ishingda unum yo'q, uyingda timchlik
Ro'zg'orni g'orligi sezilyaptimi?
Bu ham yetmagandek og'ir kuningda
Eng yaqin do'stlaring yuz buryaptimi?
Siqilma, mehmondir tanangda bu jon ham
Ko'p uchrar yo'lingda yaxshi-yu yomon ham
Izlasang topilar har mushkulga iloj
Gar zamonga boqmasang boqmas zamon ham
Sandan ham mandan ham, undan ham bundan ham
Bizdan ham zo'rdan ham qolar bu dunyo
Kamdan ham ko'pdan ham, kengdan ham tordan ham
Yo'qdan ham bordan ham, qidirma xato
Kundan ham tundan ham, tongdan ham shomdan ham
Oydan ham yildan ham, nolima aslo
Balodan, qazodan, dardi bedavodan
Uzrsiz xatodan asrasin Hudo
Bir kam dunyo bu savdosi shunday
Bir kuni unday-u bir kuni bunday
Ko'ngling bu hayotning mitti uchqunday
Tez yonib o'chishin his qilayaptimi?
Qayg'uga berilma, kuyinma jo'ra
O'ylanib o'tirma, tur undan ko'ra!
Sinovi bergandan chorasin so'ra
To'xtama toki yurak urayaptimi
Siqilma, mehmondir tanangda bu jon ham
Ko'p uchrar yo'lingda yaxshi-yu yomon ham
Izlasang topilar har mushkulga iloj
Gar zamonga boqmasang boqmas zamon ham
Sandan ham mandan ham, undan ham bundan ham
Bizdan ham zo'rdan ham qolar bu dunyo
Kamdan ham ko'pdan ham, kengdan ham tordan ham
Yo'qdan ham bordan ham, qidirma xato
Kundan ham tundan ham, tongdan ham shomdan ham
Oydan ham yildan ham, nolima aslo
Balodan, qazodan, dardi bedavodan
Uzrsiz xatodan asrasin Hudo
Siqilma, ishlaring yurishmasa ham
Do'stlaring yoningda turishmasa ham
Kecha har so'zingga mushtoq kimsalar
Hatto qo'l uzatib ko'rishmasa ham
Siqilma, hali zo'r kunlar keladi
Yo'qotganlaringning o'rni to'ladi
Buguncha boriga shukr qil
Shunda, ertangi kun sening kuning bo'ladi!